Konte: "Men ilk mavsumimdayoq APLni yutganman, Klopp va Gvardiola esa unday qila olmagan"

Mirjalol Normatov
2 fev 2020, 19:12
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte o'zining APLdagi faoliyati haqida gapirdi va o'zini Pep Gvardiola hamda Yurgen Klopp bilan solishtirdi.

"Chelsi"dagi ilk mavsumimda APL bosh sovrinini qo'lga kiritganmiz, ikkinchi mavsumda esa Angliya Kubogini olgandik.

Klopp va Gvardiola esa unday qila olmadi. Klopp 4 yil davomida Angliya sovrinlariga ega chiqqanicha yo'q. Gvardiola ilk mavsumida birorta sovrinni qo'lga kiritmadi", - dedi Konte.

Antonio Konte qo'l ostida "Chelsi" ikkita sovringa ega chiqdi. Garchi 2017/18 yilgi mavsumda jamoa Angliya Kubogi sovriniga ega chiqqaniga qaramasdan Konte iste'foga chiqarildi. O'sha mavsumda "Chelsi" APL turnir jadvalida 5-o'rinni egallagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport