Konte: Kante bilan shartnoma tuzganimizdan xursandman
Narzulla Saydullayev
17 iyul 2016, 07:45
Chelsi ustozi Antonio Konte Lester yarim himoyachisi Ngolo Kante bilan shartnoma tuzilgach o'z fikrlarini bildirdi.
Kante bilan uchrashuvni kutayapman, bu o'yinchi menga juda yoqadi. U yaqinda jamoaga qo'shiladi.
Kante bilan shartnoma tuzganimizdan xursandman. Bunday futbolchini Yuventusda ko'rmoqchi edim. Yaqinda Ngolo mashg'ulotlarga qo'shiladi, – deydi Konte.