Konte: "Italiya futboli Angliya, Ispaniya va Germaniyadan orqada"

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2016
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya Premer-ligasini eng tomoshabop liga deb atadi.

"O'ylashimcha, Italiya futboli Angliya, Ispaniya va Germaniyadan orqada. Buni to'g'ri qabul qilish lozim. Buni yashirib bo'lmaydi, Italiya chempionati to'rtinchi o'rinni egallaydi va bu xafa yoki xursand qilmaydi.

Oldinroq boshqacha edi. Har bir futbolchi Italiyada o'ynashni orzu qilar edi, chunki A Seriya eng qiziq va tomoshabop ligalardan biri bo'lgan, ammo hozir biroz pul etmayapti. Klub egalari mablag' sarflashni istamayapti" - deydi Konte.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport