Konte: "YCHLda juda yomon o'ynaganimiz bizni g'azablantirgandi"

Mirjalol Normatov
22 sen 2019, 10:43
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya doirasida "Milan" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Derbi - hisobni oldindan aytib bo'lmaydigan, har doim qiyin kechadigan bahs. "Inter" va "Milan" darajasidagi klublarda esa boshqalarga qaraganda farq umuman katta.

YCHLning 1-turida biz juda yomon o'yin ko'rsatgandik va bu bizni g'azablantirgandi. Biz haqli tarzda g'alabaga erishdik, muxlislarimizdan minnatdormiz. Derbi - bu derbi.

Lukaku bizga bundan-da ko'prog'ini bera olishi mumkin. Men bu borada u bilan gaplashib olganman. U 26 yoshda bo'lsa ham o'zining imkoniyatlarini to'g'ri baholagan holda top-klublarda o'ynamoqda. To'g'ri ishlasak, u ajoyib futbolchiga aylanadi. Shuningdek, Lautaro Martines ham 22 yoshda va hali u o'sishda davom etadi", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia