Konte "Arsenal"da Artetaning o'rnini egallashi mumkin

Alisher
24 avg 2021, 17:38
Italiyalik murabbiy Antonio Konte Londonning "Arsenal" klubini boshqarishi mumkin.

Mutaxassis Mikel Arteta bosh murabbiylikdan chetlatilsa, uning o'rnini italiyalik murabbiy egallashi mumkin.

Londonliklar rahbariyati Konte bilan hatto muzokaralar o'tkazgani haqida xabarlar bor.

"Arsenal" APLda ikki turda birorta ochko jamg'ara olmadi. Kontening so'nggi jamoasi "Inter" bo'lgan edi va u Milan klubi bilan Italiyada chempionlikni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times