Konte A Seriya chempionligini eng ko'p qo'lga kiritgan murabbiylar beshligiga kirdi

Eldor Akmurzayev
2 may 2021, 23:30
Antonio Konte “Inter” bilan joriy mavsumdagi Skudettoni qo'lga kiritdi.

Bu Konte uchun Italiyadagi to'rtinchi mamlakat chempionligi bo'ldi. Avvalroq, 51 yoshli mutaxassis “Yuventus” bilan uchta titulga ega chiqqan.

A Seriya chempionligi bo'yicha undan oldinda Jovanni Trapattoni (7 ta), Massimiliano Allegri (6), Fabio Kapello (5) va Marchello Lippi (5) bor.

Shuningdek, italiyalik mutaxassis “Inter” va “Yuventus” ustozi sifatda Skudettoga ega chiqqan tarixdagi ikkinchi murabbiyga aylandi. Ushbu natijaga afsonaviy Jovanni Trappatoni birinchi bo'lib erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote Live