

"Varshavadan uchib ketganimizda Andrey Yarmolenko "Borussiya"ga o'tganini bildim. Bu yangilikni Internetda o'qidim. Bir kun oldin Andrey o'sha yerda ekanligini va tibbiy ko'rikdan o'tsa, shartnoma imzolashini aytgan edi. Bir kun oldin bilgandim, biroq bu norasmiy ma'lumot edi.
Birinchi hayol shunday bo'ldi: "Bu amalga oshsaya?". Aslida bunga ishonmagandim. U yerda jiddiy kurash bo'ladi.
Yordam berishga tayyorman! Ular bizga juda yaqin. Men Dyusseldorfda yashayman - bu maksimum 60 km. Unga Dortmunddan 30 km. uzoqroqda yashashga ruxsat berishmaydi. Ko'rishib turamiz! Unda va menda ikki nafardan farzand bor.
Tilni o'rganish kerak, shunda futbolchi va murabbiylar bilan muloqot bo'ladi. Uning ishlari yurishib ketadi, chunki Yarmolenko futbol o'ynashni biladi" - deydi Konoplyanka.



