KONKAKAF qitasining o'tgan 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
6 fev 2021, 00:55
"IFFHS" nashri Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi davlatlari orasida o'tgan 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchilar kuchli uchligini taqdim qildi.

Reytingga KONKAKAF qitasining 2011-2020 yillardagi eng yaxshi futbolchilari kiritildi. Unga ko'ra, birinchi pog'onada PSJ va Kosta-Rika termasi posboni Keylor Navas qayd etildi. Ikkinchi o'rinda esa "Manchester Yunayted" va "Real" kabi jamoalarning sobiq forvardi Chicharito ko'rsatildi.

Ro'yxatni AQSH termasi sobiq hujumchisi Klint Dempsi yakunlab berdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: IFFHS