Kompani: "Yakshanba kuni Azar ichburug' bo'lib qoladi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
14 avg 2015, 19:10
"Manchester Siti" himoyachisi Vensan Kompani "Chelsi"ga qarshi o'yinda raqib yarim himoyachisi diareya bilan og'rib maydonga tushmasligiga umid qilyapti.

"Manchester Siti" - "Chelsi" o'yini 16 avgust kuni 20:00da boshlanadi.

"Azar ichburug' bo'lib qolishiga umid qilardim. U "Chelsi"da muhim rolni ijro etadi. "Suonsi"ga qarshi birinchi turda yaxshi o'ynay  olmagan bo'lishi mumkin, ammo "Chelsi" o'n kishi bo'lib qolganida jamoaning yagona xavfli o'yinchisi Azar edi" - deydi Kompani.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com