"Komo" Bonaventurani sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
19 iyul 2024, 19:21
Yarim himoyachi Jakomo Bonaventura "Fiorentina"ni tark etib, yangi klub izlamoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchiga "Komo" qiziqish bildirmoqda. Tajribali yarim himoyachi ayni paytda MLS va Saudiya Arabistoni variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, "Lacio" ham Bonaventuraga e'tibor qaratishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato