Kolo Ture: "Liverpul" "Chelsi"ni yutmoqchi"

Aziz Tukhtamuradov
6 noya 2014, 21:19
"Liverpul" markaziy himoyachisi Kolo Ture "Chelsi"dan o'tgan yilgi 0:2 hisobidagi mag'lubiyat uchun qasos olmoqchi ekanliklarini ma'lum qildi.
"G'alaba qozonishni judayam istamoqdamiz. Ahir, o'tgan mavsum nima bo'lganligini barcha eslaydi. "Aristokratlar"dan qasos olmoqchimiz. Hayolimda faqat bitta narsa: Tezroq "Chelsi"ga qarshi o'yin uchun hushtak chalinsa. Keyin esa nima bo'lishini ko'ramiz", - deydi futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net