Kokorin va Mamaev yana 2 oy qamoqda qoladi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2019
Moskvaning Tver sudi "Zenit" hujumchisi Aleksandr Kokorin va "Krasnodar" yarim himoyachisi Pavel Mamaevning hibsda qolish muddatini 2 oyga uzaytirdi.

Bunday qaror Aleksandr Kokorinning ukasi Kirill va ularning do'sti Aleksandr Protasovickiylarga ham xuddi shunday qaror qo'llanildi. Shunday qilib, ular 8 aprelgacha qamoqda qolishadi.

Eslatib o'tamiz, aka-uka Kokorinlar, Mamaev va Protasovickiy 8 oktyabr kuni Moskvada ikkita janjal ketltirib chiqargan edi. Buning oqibatida 3 kishi jabrlandi. Sud jinoyatchilarga 2 oy qamoq jazosi tayinlagandi, keyinroq bu muddat yana 2 oyga uzaytirildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com