Koentrau: "Platini "Oltin to'p" borasida nohaq, Ronaldu hammadan kuchliroq"

Aslanov Jasurbek
28 noya 2014
"Real" himoyachisi Fabio Koentrau yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga "Qirollik klubi" futbolchisi Krishtianu Ronaldu munosibligiga shubha qilmaydi.

"Yuqori lavozimda ishlaydiganlarning so'zlari saylov natijalariga ta’sir qiladi. Ammo ular qanchalik harakat qilmasin, hamma ko'rib turgan narsani o'zgartirish qiyin. Hech qachon hozirgidagidek jahonning eng yaxshi futbolchisi va "Oltin to'p" uchun davogarlar orasida bunday katta farq bo'lmagan. Platini "Oltin to'p" borasida nohaq, Ronaldu barchadan kuchliroq" - deydi Koentrau.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Platini jahonning eng yaxshi futbolchisi nomiga Germaniya terma jamoasi futbolchilaridan biri olishi kerak deb aytgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com