Klopp Tyagoning qaytish muddati haqida gapirdi

Alisher
18 dek 2020, 18:00
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ikki oydan beri maydonga tushmayotgan yarim himoyachi Tgyao haqida gapirdi.

"Biz Tyago bilan yanvarda shartnoma imzolaymiz deb hazillashgan edik. Uning maydonga qaytishi borasida shoshilmaslik kerak. U hali umumiy guruhda shug'ullanmayapti, ammo bunga bir qadam qoldi.

Tyago kelasi hafta mashg'ulotlarda bo'ladimi? Buning uchun boshida u bir necha testdan o'tishi kerak", - deydi Klopp.

"Liverpul" ustozi shuningdek keyingi hafta Jyerdan Shakiri va Jeyms Milnerning safga qaytishiga umid qilib qolishini aytdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com