Klopp Saloh haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Eldor Akmurzayev
24 dek 2020, 21:25
Avvalroq, Muhammad Saloh “Liverpul”da baxtli emasligi va jamoadan ketmoqchiligi aytilgandi.

Mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp bunga munosabat bildirdi.

“Shartnoma haqida gaplashmaymiz. Mo (Saloh) ajoyib kayfiyatda, ayni vaqt u o'z formasida va bu eng asosiysidir. Payshanba kuni u qanchalar ko'p tabassum qilganini ko'rganingizda edi. Boshqa aytadigan hech narsa yo'q”, deydi Klopp.

28 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi kelishuvi 2023 yil yozida tugaydi.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport