Klopp Matip o'rniga futbolchi sotib olish haqidagi savolga javob berdi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2023, 14:20
Kamerunlik futbolchi mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "qizillar" himoyachi Joel Matipning o'rniga futbolchi sotib oladimi yoki yo'qligini aytdi.

"Men bunday deb o'ylamayman. Hamma narsa pul talab qiladi, u munosib o'yinchi bo'lishi kerak. Menga o'zining markaziy himoyachisini sotmoqchi bo'lgan klub nomini ayting", – dedi germaniyalik mutaxassis.

Matip jiddiy jarohat olgani bois mavsumning qolgan qismida o'ynamaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN