Klopp "Liverpul"da xorvatiyalik futbolchini ko'rmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2018, 14:20
"Beshiktosh" va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Domagoy vida faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi xizmatlariga "Liverpul" va jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp qiziqish bildirmoqda. Nemis mutaxassisining fikricha, Vida yangi klubiga tez ko'nikadi, chunki "qizillar" safida uning hamyurti Deyan Lovren to'p tepadi.

"Liverpul" Vida uchun 13,5 mln. evro sarflashga tayyor, biroq "Beshiktosh" futbolchining JCH-2018dagi muvaffaqiyatli o'yini tufayli uning narxini oshirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror