"Arsenal" "Beshiktosh" himoyachisi uchun 25 mln. evro to'lamoqchi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2018, 12:14
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Beshiktosh" himoyachisi Domagoy Vida xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi 29 yoshli futbolchi transferi uchun 25 mln. funt (28 mln. evro) to'lashga tayyor. Agar Shkordan Mustafi yoki Denni Uelbek "Arsenal"ni tark etsa, Vida xarid qilinishi mumkin.

Oldinroq, Vida "Liverpul"ga o'tishga yaqinligi e'lon qilingan edi. Unga "Everton", "Vest Xem" va "Atletiko" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun