Klopp: "Liverpul" "Real"ni qiynab qo'ydi. Yaxshi o'ynadik, ammo..."

Aziz Tukhtamuradov
15 apr 2021, 08:28
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real"ga qarshi o'yindan so'ng (0:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz bugun emas, Madriddagi o'yinda yutqazdik. Bugungi o'yinda "Real"ni qiynab qo'ydik. Yaxshi o'ynadik, agressiv harakat qildik, vaziyatlar yaratdik. 

"Qachonki", "agar" - bular qiziq emas. Biz gol urmadik. "Real" esa tajriba evaziga o'ziga kerakli hisobni ushlab qoldi. 

Salah bunday vaziyatlarda ko'zini yumib gol ura oladi, ammo bugun bu amalga oshmadi. Barcha bugun yaxshi harakat qildi, ammo biz chiqib ketamiz. 

Ushbu turnirni yaxshi ko'ramiz, musobaqaga qaytish juda muhim. Hozir e'tiborimizni APLga qaratamiz", - dedi Klopp. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA