Klopp "Liverpul" bosh murabbiyi sifatidagi 200-o'yinda g'alaba qozondi - klub tarixida barchadan tez

Alisher
25 okt 2021, 14:04
"Manchester Yunayted" (0:5)ga qarshi o'yindagi g'alaba murabbiy Yurgen Klopp uchun "Liverpul" safidagi 200-g'oliblik bo'ldi.

Nemis mutaxassisi klub tarixida bu nuqtaga barchadan tez yetib keldi - unga 331ta o'yin kerak bo'ldi.

Kloppgacha "Liverpul" murabbiylaridan Kenni Dalglish 200 g'alabaga eng tez yetib kelgan - 333 o'yinda.

Mersisaydliklar bilan shuningdek Bob Peysli (345), Bill Shenkli (380) va Tom Uotson (431) shu natijaga erisha olgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports