Klopp: “Kecha Gvardiolaga qo'ng'iroq qildim, bugun esa Gyundoganga xat yozdim”

Eldor Akmurzayev
12 may 2021, 20:15
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp “Man Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolani APL chempionligi bilan qutladi.

“Kecha qo'ng'iroq qildim va Gvardiolani chempionlik bilan tabrikladim, bugun esa Gyundoganga xat yozdim. Ular erishgan yutuqlarni tariflab bo'lmaydi. Agar moliyaviy resurslar va futbol haqidagi bilimlarni birlashtira olsangiz, sizda boshqalarda yo'q narsani yaratish uchun zo'r imkoniyat paydo bo'ladi. Ularda qoyilmaqom jamoa va eng yaxshi murabbiy bor. Ularga qarshi o'ynash doimo qiziqarli, bu jiddiy chaqiruv.

“Siti” va boshqa jamoalar o'rtasidagi farq u qadar katta emas deb o'ylayman. “Chelsi” – ajoyib jamoa va katta muammo. Ular kuchli tarkibga ega. Ularda ajoyib murabbiy Tomas Tuxel bor.

Bu mavsum rostdan ham qiyin kechdi, o'z aybimiz tufayli muhim ochkolarni yo'qotdik. Boshqalardan umid qilishimizga to'g'ri keladi, garchi bu vaziyatda bo'lishni xohlamasak ham”, deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com