Klopp, Emeri, Iraola va Moyes – APLda dekabrning eng yaxshi murabbiyi bo'lishga da'vogarlar

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2024, 00:57
APLning dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun kurashayotgan mutaxassislar nomi ma'lum bo'ldi.

Ro'yxatga quyidagi murabbiylar kirishdi:

Unai Emeri (Aston Villa) – 7 o'yinda 4 g'alaba (shu jumladan, "Manchester Siti" va "Arsenal" ustidan), 2 durang va 1 mag'lubiyat. To'plar farqi – +3

Andoni Iraola (Bornmut) – 6 o'yinda 4 g'alaba (shu jumladan, "Manchester Yunayted" ustidan 3:0 hisobida), 1 durang va 1 mag'lubiyat. To'plar farqi – +7.

Yurgen Klopp (Liverpul) – 6 o'yinda 4 g'alaba va 2 durang. To'plar farqi – +6.

Devid Moyes (Vest Xem) – 6 o'yinda 4 g'alaba (shu jumladan, "Tottenxem", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" ustidan), 1 durang va 1 mag'lubiyat. To'plar farqi – +3.



Avgustdan oktyabrgacha APLda oyning eng yaxshi murabbiyi Ange Postekoglu ("Tottenxem") bo'ldi, noyabrda esa Erik ten Hag ("Manchester Yunayted") eng yaxshi deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com