Klopp dunyoning eng yaxshi klubi qaysi ekanligi haqida fikr bildirdi

Eldor Akmurzayev
17 sen 2019, 01:30
Liverpul ustozi Yurgen Klopp jahonning eng yaxshi jamoasi deb Manchester Sitini hisoblashi haqida aytdi.

“Biz Yevropaning eng yaxshi jamoasi bo'la olmaymiz, boisi, Manchester Siti – dunyoda eng zo'ri. Yaxshi jamoalar ko'p va sen doim ularning orasida ekanligingni ko'rsatishing kerak bo'ladi. O'tgan mavsum haqiqatdan ajoyib harakat qildik. Yevropaning eng yaxshi klubi bo'ldik deya olmayman, lekin, kerakli vaziyatlarda o'zimizni ko'rsatganimiz sabab Chempionlar Ligasida zafar qozondik”, – deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports