Klopp: “Bitta o'yin o'tkazgan futbolchi ham medal olishi kerak”

4 iyul 2020, 09:13
Klopp APLdagi qoidadan norozi.

“Agar kimdir bitta o'yin o'tkazgan bo'lsa ham u medal olishi lozim. Agar unday bo'lmasa ham baribir taqdirlash kerak. Kim bunday qoidani o'ylab topganini bilmayman. Biz yiliga 5 mln marta mashg'ulot o'tkazamiz. Agar mashg'ulotlar yuqori darajada o'tmasa, u holda chempionatni yutish imkoniyati ham bo'lmaydi. Yigitlar medal olishi kerak. Ular menikini ham olishi mumkin. Ammo APL o'yinlarini Rojdestvo sovg'alari kabi ularga hadya qilmaymiz”, - deydi Klopp.

Ma'lumot uchun, APL qoidalariga ko'ra chempion klubga 40 ta medal beriladi. Shuningdek, mavsum davomida 5 ta o'yinda qatnashgan futbolchigina medal olishi belgilab qo'yilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Guardian