Klopp "Aston Villa" bilan o'yin haqida: "75 daqiqa ajoyib o'yin. Keyin esa biz gol urdik. Jerrard - zo'r murabbiy"

Narzulla Saydullayev
12 dek 2021, 00:35
"Liverpul" o'z maydonida "Aston Villa"ni kichik hisobda (1:0) mag'lub etdi.

Mezbonlar bosh murabbiyi Yurgen Klopp ushbu o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"75 daqiqa davomida ajoyib o'yin ko'rsatdik. Biz tom manoda kuchli jamoa bo'ldik. Vaziyatlar yaratdik. Keyin esa gol urdik. Ochiq o'yin bo'ldi deya olaman. Ritmni saqlay bilish futboldagi eng qiyin ishlardan biri. 

"Aston Villa" himoyachisi penalti olib kelgan vaziyatdan qutilib qolishi qiyin edi. 

Stiven Jerrard - zo'r murabbiy. Eski murabbiylar shtabimning asosiy qismi bilan bunday vaziyatda uchrashish juda qiyin bo'ldi", -deydi Yurgen Klopp.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sports