Klopp: "APLning joriy mavsumi - so'nggi yillardagi eng qiziqarlisi"

Aslanov Jasurbek
3 noya 2018, 15:47
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp fikricha, Angliya Premer-ligasining joriy mavsumi so'nggi yillardagi eng qiziqarlisi.

"Hozir bizning natijalarni "Manchester Siti"niki bilan solishtirishdan mano yo'q. Biz bir-birimizning g'alaba yoki muvaffaqiyatsizligimizga shunday reakciya bildiramiz. Agar ular juma kuni o'ynashsa, biz esa yakshanbada, ko'pchilik bizga bosim bo'lyapti deb o'ylaydi. Bunday holatda siz "Chelsi", "Tottenxem", "Arsenal", "Manchester Yunayted" yoki yana kimnidir nazardan qochirgan bo'lasiz.

"Manchester Siti" bilan kurashimiz mavsum oxirigacha davom etadi deb umid qilaman. Angliya chempionatining bu mavsumi - so'nggi yillardagi eng qiziqarlisi. Germaniyada hamma "Bavariya"ga etiroz bildirardi, chunki chempion doimo oktyabr oyida ma'lum bo'lgan.

O'tgan yili bir nechta jamoa haqiqatdan ham yaxshi natija ko'rsatdi, ammo hech kim "shaharliklar"ga eta olmadi, chunki noyabr oyidagi farq juda katta edi. Hozir boshqa jamoalar nima qilayotganiga e'tibor bermayapmiz. Ularga qarshi o'ynasak, shundagina bu narsalarga qaraymiz. "Liverpul" bor e'tiborni o'ziga qaratgan. Bu bizni o'zimiz istagan natijaga eltuvchi yagona yo'l" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph