Klopp Alisson qachon safga qaytishiga oydinlik kiritdi

1 okt 2019, 20:40
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa darvozaboni Alisson Bekkerning safga qaytishi haqida gapirdi.

"Alisson yaxshi ko'rinmoqda, lekin uning jarohati jiddiy edi va tavakkal qilishni istamayapmiz. U hozirgacha jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnashmadi. Shanba kuni "Lester"ga qarshi o'yinda uning holatini ko'rib chiqishimiz kerak. MYUga qarshi o'yinga qadar Alisson 100% tayyor bo'ladi. Ko'ramiz", – deydi Klopp.

Alisson APLning birinchi turining "Norvich"ga qarshi o'yinida olgan jarohati bois bir necha haftani o'tkazib yubordi. APL 9-turida MYU – "Liverpul" uchrashuvi 20 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com