Klaudio Raneri: "Maqsadimiz - Premer-ligada o'yin darajamizni oshirish"

Tolibjon Qosimov
19 okt 2016, 10:56
"Lester" bosh murabbiyi Klaudio Raneri YCHL 3-turi doirasida uyda "Kopengagen" bilan o'tgan o'yin (1:0) haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qiyin o'yin bo'ldi. Biz kuchli raqibga qarshi o'ynashimizni bilardik. "Kopengagen" - yaxshi shakllangan jamoa. G'alaba qozonish oson bo'lmadi. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkaza olmadik, lekin ikkinchi 45 daqiqalikda yaxshiroq harakat qildik. Chempionlar ligasiga kuchli e'tibor beryapmiz, Angliya chempionatida esa uni yo'qotib qo'ymoqdamiz. Maqsadimiz - Premer-ligada o'yin darajamizni oshirish", - deya Ranerining so'zlarini keltirmoqda "BBC".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ВВС