Kirin Cup. Yaponiya Bolgariyani 7:2 hisobida mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2016, 18:33
Bugun Yaponiyada ananaviy tashkil etiladigan "Kirin Cup" musobaqasi start oldi.

Yarim finalda Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi Daniya bilan bellashdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. G'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda bosniyaliklar omadliroq chiqishdi - 4:3.

Finalda ularga musobaqa mezboni Yaponiya terma jamoasi raqib bo'ladi. Kunchiqar yurt vakillari bugun Bolgariyani 7:2 hisobida tor-mor etishdi.

Bosniya va Gertsegovina - Daniya 2:2 (penaltilar seriyasi - 4:3)
Gollar:
Durich 52, 83 - Kyaer 22, Fisher 41

Yaponiya - Bolgariya 7:2
Gollar
: Okazaki 3, Kagava 26, 35, Yoshida 38, 53, Usami 57, Asano 87 penalti - Aleksandrov 59, Chochev 82

7 iyun kuni musobaqaning 3-o'rin uchun o'yini va final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia