Kimmix: "O'yin amaliyoti tufayli chap qanot himoyachisi, hujumchi va darvozabon rolida o'ynaganman"

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2017, 18:45
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmixning so'zlariga ko'ra, uning uchun asosiysi - o'yin amaliyoti.

"Men uchun maydondagi joy emas, balki o'yin amaliyoti muhim. Agar menda maydonga chiqish yoki o'yinni zaxirada tomosha qilish varianti bo'lganida birinchisini tanlar edim. O'yin amaliyoti tufayli chap qanot himoyachisi, hujumchi va darvozabon rolini bajarganman. Zaxirada o'tirgandan ko'ra ushbu poziciyalarda o'ynaganim yaxshi" - deydi Kimmix.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker