Kimmix: "Men o'zimga ishonaman, shu bois "Bavariya"ga o'tdim"

9 yanv 2015, 01:55
Yosh iqtidor sohibi Joshua Kimmix "Shtutgart"dan "Bavariya"ga o'tganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men o'zimga, o'z kuchimga ishonaman. Men uchun "Bavariya"da o'ynash bu ulkan sharaf. Keyingi mavsumdan e'tiboran myunxenliklar safida bor kuch-g'ayratimni ishga solib mehnat qilaman va ishonchni oqlashga harakat qilaman", - deydi Germaniya yoshlar terma jamoasi a'zosi Joshua Kimmix.

Eslatib o'tamiz, ushbu yosh istedodli futbolchi keyingi mavsumdan boshlab "Bavariya" libosida harakat qiladi.
Myunxen klubi "Shtutgart"dan Joshua Kimmixni 7 million evro evaziga sotib oldi.

Manba: soccer.ru