Kim u?

Aslanov Jasurbek
26 noya 2018, 15:55
O'quvchilarimiz zerikib qolmasliklari uchun ularga ajoyib boshqotirma berishga qaror qildik.

Biz futbolchi yutgan bazi sovrinlar va u birga to'p tepgan o'yinchilarni nomini yozamiz, siz esa ushbu futbolchi kim ekanligini topasiz.

1. Luka Modrich va Janluiji Buffon bilan o'ynagan. 2 marta Germaniya Kubogi va 1 marta Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan.

2. Fernando Muslera va Tyago Motta bilan o'ynagan. 1 marta Italiya Kubogi va 4 marta Fransiya chempionatida g'olib bo'lgan.

3. Esteban Kambyasso va Aren Robben bilan o'ynagan. 1 marta Chempionlar ligasi va 1 marta Ispaniya Superkubogida g'olib bo'lgan.

4. Vendell va Xakan Chalxanoglu bilan o'ynagan. 1 marta Meksika ligasi, 1 marta klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi bo'lgan.

5. Miroslav Kloze va Lukas Podolski bilan o'ynagan. 3 marta Bundesliga va 1 marta Turkiya chempionati g'olibi bo'lgan.


Javoblar keyinroq e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia