“Kim u Mbappe?" Florentino Peres Mbappe transferi haqidagi savolga javob berdi

Khoja
8 mar 2024, 10:00
“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferi haqidagi savolga kutilmagan javob berdi.

“Mbappe keladimi?" – deb so'radi madridlik muxlis Peresga.

“Kim u Mbappe?" - deb javob qildi Peres.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 25 yoshli Kilian Mbappe “Real” bilan shartnomaning yakuniy bosqichida ekanligi haqida xabar berilgandi. Shartnoma 2024 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.

Ma'lumot uchun, Mbappe Parij jamoasi safida 2017 yildan beri harakat qilib keladi. U jamoasi bilan 13 ta sovrin yutishga erishdi. Joriy mavsum 25 yoshli hujumchi 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 34 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com