"Kim u Mane?" - "Ayntraxt" prezidenti

Оқил Абдубарноев
4 avg 2022, 21:24
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi prezidenti Peter Fisher "Bavariya"ga qarshi chempionat o'yini oldidan "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Sadio Manega hazil qildi.

"Ayntraxt" klubi juma kuni Bundesliganing ilk turida "Bavariya" bilan to'qnash keladi. Frankfurtliklar o'tgan mavsum Yevropa ligasini qo'lga kiritdi, shu sababli kelasi chorshanba kuni ular Yevropa Superkubogi doirasida "Real Madrid" bilan to'qnash keladi.

O'tgan mavsumni 11-o'rinda yakunlagan klub joriy mavsum o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan. Jamoa prezidenti RTL va n-tv telekanallariga bergan intervyusida myunxeniklar to'purari Robert Levandovskining o'rniga olib kelingan hujumchi Sadio Manening imkoniyatlari haqidagi savolga hazilomuz javob qaytardi: "Kim u Mane?"

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv 5 avgust kuni soat 23:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Talksport