

Messi hujumdagi sherigi Xulian Alvaresning jahon chempionatidagi o'yinini alohida ta'kidlab o'tdi.
"Manchester Siti" hujumchisi Qatardagi musobaqaning 6 uchrashuvida 4 ta gol urdi.
"Musobaqadan avval hech kim Xuliandan bunday o'yin va terma jamoa uchun shu qadar muhim figuraga aylanishini kutmagan bo'lsa kerak. Uning ishtiroki meni hayron qoldirdi.
Jahon chempionatining boshidan va seshanba kuni ham (Xorvatiyaga qarshi o'yin) u ajoyib o'yin namoyish qildi. To'p uchun kurashlarda, vaziyat yaratishda faol harakat qildi va har bir to'p uchun astoydil kurashdi.
Xulian Argentina uchun ajoyib topilma bo'ldi va u finalga loyiq, chunki juda ajoyib yigit" - dedi Lionel Messi.



