Kilian Mbappe: "Real"dek buyuk tarixga ega klubga munosib bo'lishga harakat qilaman. Bu klub va emblema uchun jonimni berishga tayyorman"

Omonjon To`xtamirzayev
16 iyul 2024, 18:41
Kilian Mbappe "Real" tarixidan joy egallash niyatini bildirdi.

Bugun "Santyago Bernabeu"da Mbappening "Real" futbolchisi sifatidagi rasmiy taqdimot marosimi bo'ldi. Fransiyalik forvard ispan tilida nutq so'zladi.

"Aqlbovar qilmas kun. Bolaligimdan mening bitta orzum bo'lgan va bugun shu yerda ekanligim, men uchun juda muhim.

"Real" muxlislariga uzoq yillar davomida menga nisbatan ko'rsatilgan mehr uchun rahmat aytaman. Endi mening yana bir orzuim bor – ushbu klubga mos futbolchi bo'lish. Ushbu klub va bu emblema uchun jonimni berishga tayyorman.

Yosh bolalarga bir gap aytmoqchiman. Orzular va ehtirosingiz tufayli siz istalgan maqsadga eta olasiz.

Men orzuimni ro'yobga chiqara olganim va futbol tarixidagi eng yaxshi klub safiga o'tganimdan fahrlanaman. Endi esa keling, birgalikda: bir, ikki, uch, Olg'a, "Madrid"!" – dedi hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca