Kilian Mbappe AQSH chempionatiga o'tishini istisno qilmadi

Alisher
19 iyun 2019, 12:00
PSJ hujumchisi Kilian Mbappega kelgusida faoliyatini MLSga o'tishi borasidagi mish-mishlar haqida savol berishdi.

- Faoliyatingda bundan buyon nima bo'lishini bilmaysan. So'nggi yillarda AQSHga ko'plab futbolchilar Yevropadagi faoliyatilaridan so'ng borishmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida Lempard, Jerrard, Ibragimovich va Pirlolarni aytib o'tishim mumkin, - deydi Mbappe.

20 yoshli Mbappe faoliyatini "Monako"da boshlagan va ushbu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2018 yilda "Pari Sen-Jermen"ga ko'chib o'tgan.

Kilian 2017 yildan esa Fransiya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.

PSJ forvardi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 59ta o'yinda maydonga tushib, 47ta gol va 12ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN