"Kicker": "Bavariya" Bundesligada porlayotgan yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Tolibjon Qosimov
5 yanv 2018, 12:27
"Shalke" yarim himoyachisi Leon Gorecka mavsum yakunlanganidan so'ng katta ehtimol bilan "Bavariya"ga o'tadi.

22 yoshli futbolchi kelajagi borasida bir qarorga keldi va yozda Myunxen klubiga o'tishga rozilik berdi. Iyunda uning "Shalke" bilan shartnomasi nihoyasiga etadi.

Oldinroq, Gelzenkirxen klubi sport direktori Kristian Xaydel o'yinchining "Bavariya"ga o'tishi haqidagi gaplarga nisbatan noroziligini bildirgan va Gorecka "Shalke"da qolishi mumkinligi haqida gapirgan edi.

Shunga qaramay, "Kicker"ning ma'lum qilishicha, futbolchi va "Bavariya" o'rtasidagi og'zaki kelishuv o'z kuchida qoladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: kicker.de