Keza muvaffaqiyatli operaciya qilindi. U uzoq muddatni o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
24 yanv 2022, 08:15
“Yuventus”ning yetakchi futbolchilaridan biri Federiko Keza jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi.

U “Roma”ga qarshi o'yinda chap oyoq tizzasidan og'ir jarohat olgandi.

Turinliklar sayti xabar berishicha, futbolchining operaciyadan keyingi holati yaxshi va u 7 oy mobaynida davolanish kurslarini olib boradi.

24 yoshli italiyalik joriy mavsum A Seriyada 14 o'yinda qatnashib, 2+2 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: juventus.com