Keynni "Bavariya" sotib olmasa, PSJ forvard uchun 100+ mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2023, 01:15
PSJ bir necha haftadan beri Xarri Keynning agenti bilan muloqot qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubidagilar futbolchiga ko'proq "Bavariya" yoqayotganini tushunib turishibdi, ammo myunxenliklar bu transferni uddalay olishmasa ishga aralashishga tayyorlar.

Fransiya chempionlari Keyn uchun Bundesliga gigantlaridan ancha ko'proq pul taklif qilishmoqchi.

PSJ hujumchi poziciyasi uchun 100 mln. evrodan ko'proq sarflashga tayyor. Kilian Mbappe sotilsa, byudjet oshishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN