Keyn Konte tayinlanganidan so'ng "Tottenxem"dan ketish fikridan qaytdi

Alisher
3 noya 2021, 18:24
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn kelajagi haqida qaror qabul qildi.

Antonio Konte jamoaga kelgani sabab u ortiq "shporlar" safidan ketishni o'ylamaydi. 28 yoshli futbolchining fikriga ko'ra, italiyalik mutaxassis London klubini sovrinlarga olib borishi mumkin.

Konte kecha "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylandi. Tomonlar 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallandi. Bitimda shartnomani bir yilga uzaytirish mumkinligi borasida band bor.

Xarri joriy mavsum APL doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun