Keyn klub miqyosida 250 ta gol urdi

Aziz Tukhtamuradov
20 yanv 2022, 09:55
"Tottenxem" APLning qoldirilgan 17-turida "Lester"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

O'yinning 38-daqiqasida londonliklar hujumchisi Garri Keyn gol urdi. 

Bu orqali u klublarda urgan gollari sonini 250 taga etkazib oldi. Buning uchun unga 10 yil 362 kun ketdi. 

"Tottenxem" safida u 365 ta o'yinda 234 ta gol urdi. Shuningdek "Milloul"da 27 ta o'yinda 9 ta, "Leyton Orient"da 18 ta bahsda 5 ta, "Lester"da 13 ta o'yinda 2 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta