Keyn "Bavariya"ga o'tganiga 4 oy o'tib Myunxendan uy topdi

Mirjalol Normatov
3 dek 2023, 11:53
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Myunxenda o'z uy-joyiga ega bo'ldi.

U "Bavariya"dan PSJga o'tgan Lyuka Ernandesning uyida yashaydi.

Qayd etish kerak, bunga qadar britaniyalik futbolchi mehmonxonada yashagan va sutkasiga 11 ming evro to'lagandi. O'tgan 4 oy mobaynida u mehmonxona uchun 1,2 mln evro ishlatib yuborgandi.

"Bavariya" Keynni yozda "Tottenxem"dan 95 mln evro evaziga sotib olgandi. U ushbu mavsumda "Bavariya" tarkibida Bundesliganing 12 o'yinida maydonga tushib, 18 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild