Keylor Navas safga qaytdi va "Las-Palmas"ga qarshi bahs qaydnomasiga kiritiladi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2016, 16:48
"Real" darvozaboni Keylor Navas safga qaytdi va "Las-Palmas"ga qarshi Ispaniya chempionatining 6-tur uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan kosta-rikalikni ushbu o'yin qaydnomasiga kiritadi. Zidan Kiko Kasilyani asosiy tarkibda maydonga tushirish niyatida.

Navas 118 kundan so'ng yana "Real" qaydnomasiga kiritiladi. So'nggi bor darvozabon "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi finalida maydonga tushgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca