Kerrik MYUning "Arsenal" ustidan qozongan g'alabasi haqida: "Siti"ga qarshi o'yin osonroq o'tgandi"

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2026, 12:53
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik "Arsenal" bilan o'yindan (3:2) keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

Angliya chempionatining 23-turida "mankunianlar" Londonda "kanonirlar"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. G'alaba golini 87-daqiqada Mateus Kunya urdi.

"Yigitlar g'alaba uchun katta kuch sarfladi. Men ular bilan faxrlanaman. Bugungi o'yin o'tgan haftadagiga qaraganda ancha qiyin kechdi. O'tgan hafta oson bo'lgandi demoqchi emasman, ammo o'shanda butun o'yin davomida o'z ritmimizda harakat qilgan edik. Bu safar esa muvaffaqiyatga erishish uchun ancha ko'proq kuch sarflashga to'g'ri keldi", – dedi Kerrik.

Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta – 17 yanvar kuni "Manchester Yunayted" o'z uyida "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: NBC Sports