Ker "Milan" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor

Alisher
7 okt 2021, 13:38
"Milan" himoyachisi Simon Ker klub bilan shartnomani uzaytirishga tayyorligini xabar qildi.

32 yoshli markaziy himoyachining "rossonerilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

"Men hali yangi bitimga yaqinlashmadim, ammo hali ham "Milan"da o'ynashdan baxtliman. Men o'zimni klubda va shaharda ajoyib his qilyapman. Rostdan, menga bu yerda o'ynash yoqadi.

Klub mening poziciyamni biladi, shunday ekan qo'ng'iroq kutyapman", - deydi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia