Ker "Milan" bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Alisher
26 okt 2021
"Milan" himoyachisi Simon Ker klub bilan yangi shartnomaga imzo chekadi.

32 yoshli himoyachi klub bilan tez orada yangi bitim imzolaydi. Tomonlar yangilangan bitimga imzo chekishga tayyorlar.

Daniya terma jamoasi o'yinchisining "Milan" bilan yangi bitimi yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallanadi.

Ker joriy mavsum A Seriya doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: todofichajes.com