Kepa ispan klubiga o'tishi mumkin. "Chelsi" uni sotib olish sharti bilan 2 yilga ijara berib yubormoqchi

Alisher
26 iyun 2020, 18:23
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, "Valensiya" 25 yoshli darvozabonni o'z tarkibiga jalb qilish variantini o'rganmoqda.

Qayd etish kerakki, "Chelsi" "Valensiya"ga Kepani sotib olish huquqi bilan 2 yilga ijaraga olishni taklif qildi.

Oldinroq, "Chelsi" Kepaning koronavirus pandemiyasi tufayli narxi tushib ketgani bois uni sotish fikridan qaytgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: marca.com