Kellini: "Napoli"ga qarshi bahsda "Yuventus"ga Dibaladek portlovchi futbolchilar yetishmadi"

Aslanov Jasurbek
3 apr 2017, 11:41
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini "Napoli"ga qarshi A Seriyaning 30-tur uchrashuvidan (1:1) so'ng, turinliklarga maydonga 80-daqiqada tushgan Paulo Dibaladek futbolchilar yetishmaganini aytdi.

"Roma" va "Napoli" bilan farqni kattalashtirish uchun bu bahs qanchalik muhimligini tushunib turgandik. Ha, bu 2017 yildagi eng yaxshi o'yinimiz emas. Biz ko'proq vaziyat yaratishimiz va "Napoli"ga darvozamiz oldida imkoniyat bermasligimiz lozim edi.

Yarim himoyachilarimiz yaxshi o'yin o'tkazishdi, ammo bundanda yaxshiroq harakat qilishlarim mumkin edi. Afsusga bizga Paulo Dibaladek portlovchi futbolchilar yetishmadi" - deydi Kellini.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset Premium