Kellini: "Italiyaga haqiqiy himoyachilar kerak, tika-taka bizning uslub emas"

Aslanov Jasurbek
9 noya 2017, 19:51
"Yuventus" va Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini Xosep Gvardiolaning taktikasi mahalliy futbolchilarga zarar etkazishini aytdi.

"Gvardiolaning uslubida o'ynash ko'plab italiyalik himoyachilarga salbiy ta’sir qiladi. Endi har bir inson o'z jamoasini shunday qurmoqchi, biroq raqibni qanday yopishni bilishmaydi. Ispanlar kabi o'ynay olmaymiz, tika-taka bizning uslub emas. Bizga haqiqiy himoyachilar kerak. Bugun yoshlar orasida Rugani, Kaldara va Romanoli ajralib turibdi" - deydi Kellini.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport